Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
7 Okt, 2006

Sardor "Jonginam" deya kimga kuylaydi?

Sardor Rahimxon - JonginamSardor Rahimxon ijodiga nazar soladigan bo’lsak, u ijro etgan ma’yus taronalar xit darajasiga yetmoqda. Biroq, sho’x qo’shiqlar esa unchalik mashhurlik shoxsupasini zabt eta olmayapti. «Jonginam»chi…?

Sardor Rahimxon ijrosidagi yangi «Jonginam» qo’shig’i ham sho’x uslubda yaratilgan. Bu taronaga klip ham suratga olindi. Klip rejissori Rustam Murodov. Qiziq «Jonginam» hit bo’larmikin?
Shuningdek, Sardor «Sog’inaman» deb nomlangan yangi qo’shiq yaratdi. Qo’shiq muallifi Iqbol Muhammadjonov. Bu qo’shiqqa ham klip suratga olinishi rejalashtirilgan.
Yana bir tarona milliy yo’nalishda kuylanmoqda. Bu Sardorning muxlislari uchun kutilmagan hodisa bo’lsa ajab emas. Sardor ijodidagi o’ziga xos tub burilishi kutilmoqda. Tarona «Nechun erkam» deb nomlandi. Bu qo’shiqning muallifi ham Iqbol Muhammadjonov.
Yaqin kunlarda Sardor do’sti Ulug’bek Rahmatullaev bilan Qozog’istonga gastrol safariga yo’l olish niyatida.
Xonanda ijodidagi eng katta yangilik esa bu Nasiba Abdullaeva bilan duet ijro etishi! Sardor bu haqda shunday deydi: «Nasiba Abdullaeva meni tushungan inson. Radiodagi ilk faoliyatimda ham meni qo’llab quvvatlagan edilar».
Ha aytgancha, «Smile» on-line radiosida Sardorning eng yangi taronasi »Seni ko’rsam» taronasining remixidan bahramand bo’lishingiz mumkin. Tez kunlarda «Jonginam» klipini portalimizdan ko’chirib olishingiz mumkin bo’ladi. Hozircha esa klip lavhalaridan bahramand bo’ling!

Sardor Rahimxon - Jonginam
Sardor Rahimxon - Jonginam
Sardor Rahimxon - Jonginam
Sardor Rahimxon - Jonginam
Sardor Rahimxon - Jonginam
Sardor Rahimxon - Jonginam
Sardor Rahimxon - Jonginam
Sardor Rahimxon - Jonginam
Sardor Rahimxon - Jonginam
Sardor Rahimxon - Jonginam


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 39 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *