Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
19 Dek, 2009

Sardor Isroilovni katta sahnada yaxshi qabul qilishdi!

Sardor Isroilov13-14-15 dekabr kunlari «Istiqlol» san'at saroyida Dilfuza Ismoilovaning yakkaxon konsert dasturi bo'lib o'tdi. Ushbu konsert dasturida xonandaning o'g'li Sardor Isroilov ham chiqish qildi. Sardor o'zining 2 taronasi bilan konsertda ishtirok etdi.

Sardorning katta sahnadagi ilk chiqishi muxlislar tomonidan qarsaklar bilan qarshi olindi. Xabaringiz bor yosh xonanda yaqindagina o'zining «Azizam» nomli qo'shig'iga ishlangan klipini taqdim etgan edi. Endi esa «Hayol» qo'shig'iga ham klip suratga olish niyatida. Ertaga, 19 dekabr kuni soat 17:00da esa Sardor bosh rollardan birini ijro etgan «Xato» filmi prem'erasi bo'lib o'tadi.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 33 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *