Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
28 Fev, 2007

Sardor hamda Ulug’bekning yakkaxon konsert dasturi…

Sardor & Ulug'bekSardor Rahimxon hamda Ulug’bek Rahmatullaev juda ham yaqin do’st ekanligi hech kimga sir emas. Hattoki, ular birgalikda ijro etgan taronalari ham bir nechalab topiladi. Ana endi bu ikki do’st-san’atkor birgalikda konsert berish uchun hozirlik ko’rmoqdalar. Konsert bo’lajak sanalari ham aniqlangan…6 hamda 7 may kunlari muhtasham Xalqlar Do’stligi saroyida bu ikki ijodkorning ilk yakkaxon konsert dasturi bo’lib o’tadi. Aniqroq qilib aytadigan bo’lsak, duet konsert dasturi… Hozirdanoq tayyorgarliklar ketayotgan mazkur konsertda ikki mehmon san’atkorning ham tashrifi kutilmoqda. Ular Nasiba Abdullaeva va Zulxumor Mo’minovalardir.
Yana bir ajoyib yangilik… Ulug’bek hamda Sardor «Bolalar» guruhi repertuaridan o’rin olgan taronalardan birini birgalikda, duet tarzida ijro etishdi. 8 mart, Ayollarimiz bayrami kuni bu qo’shiq barcha o’zbek ayollariga «TV-Markaz» kanali hamda FM-to’lqinlari uzra sovg’a tariqasida taqdim etilar ekan. Nima ham derdik, kutamiz!!!


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 93 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *