«SaMRaS» guruhi yana ijod qilmoqda!
Yodingizda bo'lsa, 2005 yil «SaMRaS» guruhi o'zining «Dard» qo'shig'i bilan san'at ostonasini bosib o'tgan edi. Keyin esa «Tez-tez», «Ketsang ketaver» taronalar bilan muxlislarni quvontirgan. Guruh a'zolari 2007 yil esa Aziza Halilova bilan «Harakatlar oddiy» nomli duet taronasini havola qilgan. Bugun esa ular Greg bilan hamkorlikda ijod qilishmoqda.
«SaMRaS» guruhinig ma'nosi guruh ishtirokchilarining ism shariflaridan tashkil topgan, ya'ni Sardor Magdiev (SaM) va Suhrob Rahimov (RaS). Guruh aslida ikki yigitdan iborat. Ammo, hozirda Greg bilan hamkorlikda ijod qilmoqdalar. Ular tomonidan kuylangan yangi tarona «Keraksan» musiqasi aynan Greg ijodidan. So'zlarini esa guruh a'zolaridan biri Suhrob yozgan. Aranjirovka muallifi Robert Mirzoyan. Ushbu qo'shiqqa klip ham suratga tushirilgan bo'lib, klip rejissori Akrom Sharipovdir.
Bugun siz azizlarning e'tiboringizga guruhning fotosuratlarini havola qilamiz. «Keraksan» taronasiga ishlangan klipni esa yaqin kunlarda qarshi olishingiz mumkin bo'ladi.
«SaMRaS» guruhining barcha fotosuratlarini tomosha qilish