Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
«Samarqand go’zali», «Buxoro parilari» endi esa «Jizzaxda bir qiz turar»!!!
1 Iyul, 2013

«Samarqand go’zali», «Buxoro parilari» endi esa «Jizzaxda bir qiz turar»!!!

Sardor Rahimxon - Buxoro parilariAvvaliga «Samarqandning go’zali», oradan bir qancha vaqt o’tgach «Buxoro parilari» kabi taronalarni kuylagan Sardor Rahimxondan boshqa viloyatli muxlisalar hafa bo’lishmoqda. Bundan xabar topgan Sardor esa endilikda O’zbekistonning barcha viloyatdagi qizlariga atab birma-bir qo’shiq kuylashga qaror qilgan ko’rinadi.

O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist Sardor Rahimxon Jizzaxliklarga atab Iqbol Muhammad musiqasi, Nodir Azimov she’ri bilan «Jizzaxda bir qiz turar» nomli yangi qo’shiq yozdi. Barcha viloyatning go’zallariga atalgan qo’shiq yozishga kirishishiga sabab, «Buhoro parilari» qo’shig’idan keyin boshqa viloyatlik qizlar xonandadan xafa bo’lishgan. Dilshod Ahmadshoh musiqasi va so’zi bilan «Manzilimiz Andijon» nomli qo’shiq ham hozirlab qo’ydi. Mazkur qo’shiq allaqachon radioto’lqinlari orqali jarang sochishni boshlagan.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 585 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *