Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
10 Avg, 2007

Samandarning nikoh kechasidan…

Samandar nikoh oqshomiBugun «Osiyo» restoranida yilning eng esda qolarli to’yi bo’lib o’tdi. Samandar va Dilnozaxonlarning visol oqshomlari aynan bugun, 10 avgust kuni bo’lib o’tdi. Hammaga ma’lum mana shunday to’ylarda xonandalar bisyor bo’ladi. Bugungi visol oqshomi ham bundan mustasno bo’lmadi.

Soat 19:00da «Osiyo» restoraniga uzun hammer-limuzin kelib to’xtadi. Undan kelin va kuyov tushib kelishdi. Hammaning diqqati ana shu yerda. Kech sababchilari yuzlarida tabassum bilan restoran ichikarisiga asta-sekin kirib kelishdi va ular uchun mo’ljallangan kursiga borib o’tirishdi(odatga ko’ra). Albatta o’zbegim milliy kuy navolari ularga hamroh bo’ldi. So’ngra davrani olib borish uchun mikrofon Shukrullo Isroilovga topshirildi. O’z o’rnida ajoyib so’z ustasi qo’shiq kuylash uchun davraga Ozodbek Nazarbekovdan boshlab, barcha san’atkorlarni taklif qildi. Kechada deyarli barcha estrada yulduzlarini ko’rishingiz mumkin edi. Shaxsan biz uchratgan xonandalar esa quyidagilar: Shahzoda, Tohir Sodiqov, «Setora» guruhi, Sevara Nazarxon, Ozodbek Nazarbekov, Abdulla Qurbonov, Nilufar Usmonova, Shohruhxon, Ali Niyazimbetov, «Afruz» guruhi, «Radius 21″, Shahriyor, Jahongir Otajonov, Diyor Mahkamov, Abduvali Rajabov, Davron Ergashev, Firdavs Pazletdinov, Mirjamol, Nigina Nabieva. Albatta xonandalardan tashqari kino olami vakillari, rejissorlar, klipmeykerlar, ommaviy axborot vositalari xodimlari ham bor edilar. Xonandalar birma-bir, navbatma-navbat qo’shiq kuylab Samandarni tabriklashdi. Shu alfozda yana bir baxtli oila barpo bo’ldi.

Samandar nikoh oqshomi

Samandar nikoh oqshomi

Samandar nikoh oqshomi

Samandar nikoh oqshomi

Samandar nikoh oqshomi

Samandar nikoh oqshomi

Samandar nikoh oqshomi

Samandar nikoh oqshomi

Samandar nikoh oqshomi

Samandar nikoh oqshomi

Samandar nikoh oqshomi

Samandar nikoh oqshomi

Samandar nikoh oqshomi

Samandar nikoh oqshomi

Samandar nikoh oqshomi

Samandar nikoh oqshomi

Samandar nikoh oqshomi

Samandar nikoh oqshomi

Samandar nikoh oqshomi

Samandar nikoh oqshomi

Barcha fotosuratlarni tomosha qilish


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 372 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *