Samandarni ham to’yi bo’lar ekan…
Shou-biznes olamida shunday mish-mishlar yuribdi. Emishki, estradamizning taniqli san’atkori Samandar uylanarmish.Bu ma’lumot qanchalik asosli yoki asossizligini aniqlash maqsadida xonadaga bir necha bor qo’ng’iroq qilsak, u bilan bog’lana olmadik. Balki, u darhaqiqat to’y tashvishi bilan yurgandir. Hozircha, aniq ma’lumotga ega emasmiz. Biroq, xalqimizda ajoyib bir maqol bor: shamol bo’lmasa, daraxtning uchi qimirlamaydi. Portalimizni kuzatishda davom eting. Shundagina bu xabarga aniq javobni siz birinchi bilasiz.