Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
5 Fev, 2012

«Samandar Shou» dasturini tomosha qildingizmi?

SamandarBiz Samandar Hamroqulovni anchadan beri bilamiz. Uning ijodiy hayotiga nazar tashlasak, albatta faqatgina ajralib turadigan, original jihatlariga e'tiborimiz tushadi. Demak, undan doimo aynan mana shunday original ijod namunalarini kutamiz. 2012 yilda Samandar bir qator katta rejalar tuzgan. Bu haqida bilishni istaysizmi?

Sevimli xonandamiz vatan himoyachilariga atab «Chegarachi o'g'lon» nomli yangi qo'shiq kuyladi. Ushbu qo'shiq so'zlari shoira Gulbahor Mo'minova qalamiga mansub, musiqasi esa bastakor Baxtiyor Qurbonov ijodidan. Xuddi shu ijodkorlar bilan farg'oncha uslubda «Bevafo yorim» taronasini ham kuyladi. Shuning bilan birga Samandar Farg'ona vodiysidagi telekanallardan birida o'zining «Samandar shou» nomli mualliflik ko'rsatuvini ham yo'lga qo'ydi. Bu dasturning maqsadi, yosh iste'dod egalarini namoyon etish. Albatta, yosh ijodkorlardan tashqari elimiz suygan xonandalar ham ko'rsatuv mehmoni bo'lishadi. Hozirgi kunga qadar O'lmas Olloberganov, Diyor Mahkamov, Sirojiddin kabi ko'plab estrada yulduzlari «Samandar shou» dasturida mehmon bo'lishdi. 2012 yilda Samandar katta rejalarni amalga oshirishni o'z oldiga maqsad qilib qo'ygan. Ushbu rejalar haqida yana alohida to'xtalamiz.

 

Samandar

Samandar

Samandar


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 30 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *