Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
19 Apr, 2006

Samandar ismining ma’nosi nima?

SamandarSiz aziz muxlislardan, saytimiz tashrif buyuruvchilaridan kelgan maktublar bizni nafaqat quvontirmoqda, balki yangi sahifa ochishimizga ham undadi. «Muxlislardan maktublar» deb nomlanmish mazkur sahifada endilikda biz siz tomondan yo’llangan eng qiziqarli maktublar chop etiladi (sizning istagingizga ko’ra ism-sharifingiz ko’rsatilishi mumkin). Mana kuni kecha bizga kelgan maktublarning biri bizni e’tiborimizni o’ziga tortdi. Sinchkov muxlislardan biri Samandarning ismini aniq ma’nosini bilishga musharraf bo’libdi. Maktubni o’qing va bunga o’zingiz guvoh bo’ling! Darvoqe, muxlis(a)miz o’z ism-shariflarini sir tutishimizni so’raganlar.

Men anchadan beri ichimda saqlab yurgan «sirim»ni sizga aytib qo’yishga qaror qildim: Samandar aka har doim «ismimning ma’nosi o’tda yonmas qush. «, — derdila. Aslida ularning ismlari DENGIZ yoki OKEAN degan ma’noni bildiradi. Hind, urdu tillarida hozir ham shu so’z ishlatiladi. Faqat «samundar» tarzida talaffuz qilinadi. Asl kelib chiqishi arab tilidan, menimcha.
Mirtohir aka, o’zingiz yetkazib qo’yarsiz. Har qalay, QUSH bo’lgandan, OKEAN bo’lgan yaxshiroq bo’lsa kerak. Sizga yana bir bor TASHAKKUR,  Mr.OCEANga SALOMchik. HAYR, SOG’ BO’LING!


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 309 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *