Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
12 Dek, 2006

Samandar haqiqiy ijodkor!

SamandarSarlavhani o’qib, kimnidir ensasi qotishi mumkin. Bu «pahtakorchilik»mi, deb. Biroq, bu ayni haqiqat! Samandar o’zbek estradasida yangiliklar yaratish tarafdori. Bunga misol tariqasida «Samandardan myuzikl»ni olib ko’rsatishimiz mumkin.

Hali hech bir xonanda amalga oshirmagan ishga aynan Samandar qo’l uradi. Uning so’nggi konsert dasturi myuzikl ko’rinishida sahnalashtirilganligi va minimal sarf-harajat bilan maksimal imkoniyatni yuzaga chiqarilganini alohida ta’kidlab o’tish lozim. Qolaversa, bu konsert dasturidan xonanda ziyon ko’rsada istagan narsasiga erishganligi tufayli bariga ko’z yumib ketishi yuqoridagi sarlavha haqiqat ekanligini isbotlaydi. Samandarning sahnada qanday harakat qilishini aytmasa ham bo’ladi. Myuziklni yuqori darajada chiqishi uchun yuziga turli xil tatiurovka tushirganiga nima deysiz? Hullas, bir so’z bilan aytganda Samandar haqiqiy ijodkor! Ayni kunlarda Samandar navbatdagi katta loyihalar ustida bosh qotirmoqda. Yangi konsert dasturi va … Tez kunda mana shu loyihalardan xabar topasiz. Buning uchun www.Shou-bizneS.uz portalini kuzatishda davom eting!

Samandar


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 27 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *