Samandar: «Hamma Shahzodni kulib yodga olmoqda»…
O'zbekiston Respublikasida hizmat ko'rsatgan artist Samandar Hamroqulov ayni damda Bo'ka shahrida Shahzod G'ulomovning janozasida ishtirok etmoqda. Biz biroz noqulay vaziyat bo'lsada, Shahzodning eng yaqin do'stlaridan biri bo'lgan Samandarni qisqagina suhbatga tortdik.
Samandar Hamroqulov hamda «Radius 21″ yakkaxoni Shahzod G'ulomov bir necha yillardan buyon do'stona munosabatdadir. Shu sababli Samandar Hamroqulovdan ham ikki og'iz Shahzod G'ulomovga oid biror fikrlarini bayon etishlarini so'radik.
Samandar: Hozirgina Shahzodni so'nggi yo'lga kuzatdik va yerga qo'ydik. Bo'ka shahrining qabristoniga. Shahzod bir so'z bilan aytganda «yaxshi kayfiyat» inson edi. O'zining ham doimo kayfiyati chog' bo'lga, atrofidagilarga ham ko'tarinki kayfiyat taqdim etardi. Juda qiziq bola edi o'zi ham, har kuni qandaydir sarguzashtga duch kelardi. Mana hozir janozasiga o'zbek estradasidagi do'stlari, yaqinlaridan deyarli hamma keldi. San'atkorlar barchasi bir chetda birgalikda to'planib Shahzodni faqat kulib yodga olmoqdamiz. Nima deydi, yaxshi kayfiyat bilan eslayapmiz. Bu ham shu bolani yaxshiligidan, xushchaqchaq inson bo'lganidan kelib chiqadi.