Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
22 May, 2011

Ruhshonani «Uchrashuv»ga taklif qilishdi?!

RuhshonaYosh xonandalar orasida yarq etib ajralib turgan Ruhshonaning ijodi ham borgan sari gullab bormoqda. Uning ijodi aksariyat yoshlar 5 baho qo'yishayotgan bo'lsa, uni hatto «Uchrashuv»ga taklif qilayotganlar ham topilmoqda.

Yaqindagina Ruhshona o'zining yangi «Yona» deb nomlangan taronasini muxlislari hukmiga havola qildi. Bu qo'shiqning matni va musiqasi Jamshid Shodiev ijodidan. Ruhshona hozirda yana bir yangi qo'shiq ustida ish olib bormoqda. Xonanda ushbu qo'shiqni yaratishda Botir Aliev bilan hamkorlik qilayotganini ma'lum qildi. Qo'shiqqa oid boshqa ma'lumotlar esa sir tutilmoqda.

Ana endi yuqorida aytilgan uchrashuvga qaytsak. Ruhshonani Jasur Shametov «Uchrashuv» filmida bosh rollardan birini ijro etishga taklif qilgan bo'lib, hozirda film deyarli tayyor bo'lib ulgurgan va mazkur film uchun Ruhshona, Ziyoda hamda «Marka» guruhi maxsus saundtrek kuylashganligini ham aytib o'tish mumkin. Film katta ekranga chiqqach unga baho berish imkoniyatiga ega bo'lamiz va Ruhshonaning aktrisalik mahoratini ham kuzatishimiz mumkin bo'ladi.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 36 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *