Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
«Royal Party» — Hamma yulduzlar bir joyda!!!
20 Okt, 2014

«Royal Party» — Hamma yulduzlar bir joyda!!!

Royal Party2014-yilning 24 oktyabr sanasida soat 18:00da o’zbek shou-biznesi olamining eng yorqin vakillari bir joyda jamul-jam bo’lishlari kutilmoqda. Buning sababi esa yangi tashkil etilgan «Royal Events» kompaniyasining rasmiy ochilish marosimidir. Qiziq, bu qanday kompaniya?

Bu savolga javob topishni istaganlar uchun ma’lumotlarni keyinroq taqdim etishga qaror qildik. Bugun asosan bo’lib o’tadigan tadbir haqida so’z yuritishga qaror qildik. 24-oktyabr oqshomida «Yakka Saroy» restoraning oq zalida «Royal Party» bo’lib o’tadi. Bu kechada o’zbek estradasi va kino olamining eng yorqin vakillari hamda shou-biznes olamida mashhur bo’lgan shaxslar mehmon bo’lishadi. SB.uz portali ijodiy jamoasi ham maxsus mehmon sifatida mazkur tadbirga taklif etildi. Taklif uchun «Royal Events»ga minnatdorchilik bildirib qolamiz.
«Royal Party» shou-tadbirida bir qator yangi taronalar prem’erasini qarshi olishingiz mumkin. Qiziqarli shou-dasturdan ajoyib sovg’ali viktorinalar ham o’rin olgan bo’lib, tashrif buyurganlarda ushbu sovg’alarni qo’lga kiritish imkoniyati bo’ladi. Sirli sovg’alar juda ham qimmatbaho va muhim sovg’a ekanligini aytib o’tishimiz mumkin. Shou dasturni Adiz Rajabov, Shahzoda Muhammedova, Zarina Nizomiddinova kabi taniqli aktyor va aktrisalar olib borishlari ko’zda tutilgan. Maxsus yulduzli mehmon Shahzoda o’z kuy-qo’shiqlari bilan barchani kayfiyatini ko’taradi. Bunday unutilmas ochilish marosimi bugungi kunda hammaning diqqat markazida! Tadbirdan batafsil foto-reportajni portalimizda kutib qoling!!!


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 972 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *