Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
14 Yan, 2008

Rayhonning matbuot anjumani!

Rayhon matbuot anjumaniBugun go’zal xonandamiz Rayhon G’anievaning konsert oldi matbuot anjumani bo’lib o’tdi. Unda televideniya, matbuot va internet resurslari jurnalistlari va mehmonlar qatnashishdi. Matbuot anjumanida Rayhon konsertdan avvalgi tayyorgarliklar haqida va ijodidagi eng so’nggi yangiliklar haqida jurnalistlar tomonidan berilgan savollarga javob berdi. U tomonga yo’llangan savollardan sizga ba’zilarini keltirib o’tishimiz mumkin.

- Eshitishimizga qaraganda, tez kunda shaxsiy web saytingiz ishga tushar ekan. Siz internet tarmog’idan qanchalik ko’p vaqt shug’ullanasiz va qanday shou-biznesga aloqador saytlarni tomosha qilasiz?
Rayhon: Ha, albatta. Shu kunlarda mening shaxsiy web saytim ishga tushadi. Men haqimdagi barcha ma’lumotlarni www.rayhon.uz manzilidan topishingiz mumkin. Lekin men unchalik internetdan ko’p vaqt foydalanolmayman. Lekin, foydalangan paytlarimda www.SB.uz portaliga tashrif buyurib, shou-biznes olami yangiliklaridan boxabar bo’laman.
- O’tgan 2007 yilda ko’plab xonandalarimiz turmushga chiqishdi, uylanishdi. Siz qachon turmushga chiqasiz?
Rayhon: To’g'ri aytdingiz! Men hozirda o’z yorimni kutmoqdaman…
- O’tgan yil sizga juda omadli keldi, desak bo’ladi. Siz o’tgan yilda «Kechir» deb nomlangan filmda bosh qahramon rolini ijro etdingiz. Aytingchi, ushbu filmdan qancha gonorar oldingiz?
Rayhon: O’rinli savol bo’ldi. Bilasizmi, ushbu filmni yaralishida men juda qiynaldim. Chunki men kinoaktrisa emasman. Qo’lgan kiritgan gonorarimga kelsak, men bu filmdan hech qanday gonorar olganim yo’q.
- Yangi yakkaxon konsert dasturingizda nechta qo’shiq ijro etishni rejalashtirib qo’ygansiz?
Rayhon: Ushbu bo’lib o’tadigan yakkaxon konsert dasturim oltinchisi hisoblanadi. Bu yil men aziz muxlislarim uchun 21 ta tarona ijro etaman, shulardan 10 tasi mutlaqo yangi hisoblanadi.

O’chig’ini aytadigan bo’lsak, matbuot anjumani ko’tarinki ruhda o’tdi. Biz esa, o’z o’rnida Rayhonning ijodiga barkamollik tilab qolamiz.

Rayhon matbuot anjumani

Rayhon matbuot anjumani

Rayhon matbuot anjumani

Rayhon matbuot anjumani

Rayhon matbuot anjumani

Rayhon matbuot anjumani

Rayhon matbuot anjumani

Rayhon matbuot anjumani

Rayhon matbuot anjumani

Barcha fotosuratlarni tomosha qilish


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 384 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *