Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
31 Yan, 2012

Rayhonning konsertiga marhamat!

RayhonO'zbek estradasining mega-yulduzi Rayhonning konserti bu yil bo'lmas ekan, degan mish-mishlar tarqaganda hamma bir zumga hayratga tushdi. Bir-birlariga turli savollar bilan murojaat eta boshlashdi. Biroq, mish-mishlar asossiz ekanligini sizga aytgan edik. Bugun buni isbotini keltiramiz!

Rayhon 19-20-21 fevral kunlari muhtasham «Istiqlol» san'at saroyida o'zining navbatdagi hisobot konsert dasturini taqdim etadi. Konsert dasturiga ancha vaqtdan buyon jiddiy tayyorgarliklar olib borayotgan Rayhon orada gripp kasalligi bilan kurashishiga ham to'g'ri keldi, San'atkor inson dam olishga, bemalol sog'ligini tiklashiga ham kezi kelganda vaqt bo'lmay qoladi. Rayhon bunday holatni bir necha bor boshidan o'tkazgan bo'lsada, yana bir bor shunday holatga tushdi. Hozirda sevimli yulduzimizning sog'ligi joyida va konsertga tobora jiddiyroq tayyorgarlik ko'rmoqda. Bugun ushbu konsert dasturi uchun chiqarilgan bannerlarni ko'rinishini sizlarga havola qilamiz.

 

Rayhon

Rayhon


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 111 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *