Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
Rayhonning konserti tugadi!!! (Super fotosuratlar!!!)
29 Apr, 2013

Rayhonning konserti tugadi!!! (Super fotosuratlar!!!)

Rayhon 2013 konsertO’zbek shou-biznesining yorqin namoyondalaridan biri Rayhon 5 kun davomida «Istiqlol» san’at saroyida o’zining yakkaxon konsert dasturini o’z muxlislariga taqdim etdi. Kecha, 2013 yil 28 aprel kuni Rayhonning konsert dasturini so’nggi kuni bo’lib o’tdi. Juda ham a’lo kayiyatda o’tgan konsert dasturining so’nggi kuni ham anshlag tarzda o’tdi.

Konsert zalda biror bir bo’sh o’rindiqni topish mushkul edi. Konsertning har bir kunida Rayhonning shou-biznesdagi yaqin do’stlari mehmon bo’lishdi. Kecha, yulduzli mehmonlar safida Lola, Kaniza, Abdulla Qurbonov, «Bojalar» guruhining sobiq a’zosi rahmatli Mo’minning rafiqasi Kamola va farzandi Bilolxo’ja, Sevara Solieva kabi bir qator taniqli shaxslarni uchratish mumkin edi. Konsert dasturi yuqori saviyada tashkillashtirilganligini aytmasa ham bo’laveradi. Doimo Rayhon o’z konsertiga jiddiy yondashib, saviyali konsertni o’z muxlislari hukmiga namoyish qiladi. Bu yil konsertda bir necha bor Rayhonning parvozini kuzatishga erishdik. Har bir parvoz jarayonida tashrif buyurgan 4000 muxlis olqishlar bilan qarshiladi. Avval ham aytganimizdek, bu parvozlar uchun Rayhon hech qanday ortiqcha himoya vositasidan foydalanmaganligi tahsinga loyiq. Haqiqiy dovyurak ekanligini isbotlab berdi. Bizning mohir fotosuratchimiz tomonidan olingan ajoyib fotosuratlar sizni hayratga solsa ajab emas. Bunday kadrlar kamdan-kam bo’ladi. Quyida ushbu fotosuratlarni siz azizlarga havola etamiz. Biz SB.uz portali ijodiy jamoasi Rayhonga mazkur konsert dasturi uchun tashakkur bildirib o’tamiz. Zero, odatiy konsertlardan zerikkan muxlislar uchun Rayhon haqiqiy san’atni namoyish etib berdi. O’zbekiston yulduzlari orasida Rayhonning har bir konsert dasturi alohida o’rin tutadi. Shunchaki, qo’shiqni sahnaning o’rtasiga chiqib olib kuylashdan ko’ra, ajoyib sahna ko’rinishlari ila tashkillashtirilgan konsert dasturi 1000 barobar tahsinga loyiq. Har bir yulduzimiz ham Rayhon kabi yuqori saviyali konsert dasturlarini tashkil etsa maqsadga muvofiq bo’lar edi. Shundagi bizning shou-biznesimiz ham yanada rivoj topar edi. Rayhon, senga omad yor bo’lsin!!! Kelgusi yilgi konsert dasturini hozirdan boshlab kutamiz…

Taqdim etayotgan fotosuratlarimiz SB.uz portali uchun maxsus «Real Time» foto va video studiyasi tomonidan suratga tushirilgan.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi, Tanlanganlar | 2 064 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *