Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
24 Yan, 2012

Rayhonning konserti bo'ladi!!!

RayhonBu yil Rayhonning yakkaxon konsert dasturi bo'lmas ekan, degan gap so'zlar shu qadar tarqadiki, hatto bunga san'at ahli ham ishonib ulgurgan edi. Biroq, kuni kecha biz Rayhon bilan suhbatda bo'lib, barcha haqiqatlardan xabar topdik.

Xullas, ayni kunlarda Rayhon o'zining navbatdagi yakkaxon konsert dasturi uchun jiddiy tayyorgarlik ko'rish bilan ovora. Rayhonning navbatdagi konsert dasturi odatdagidek fevral oyida bo'lib o'tishi ko'zda tutilgan. Hattoki, konsert bo'lib o'tadigan sanalar ham aniq! Fevral oyining ikkinchi yarmida Rayhon o'zining navbatdagi yakkaxon hisobot konsert dasturini taqdim etadi. Konsert dasturi 3 kun davomida bo'lib o'tishi rejalashtirilmoqda. Konsert tayyorgarliklar esa juda ham qizg'in kechmoqda. Biroq, Rayhonning o'zi birozgina shamollab qolgan. Biz SB.uz portali ijodiy jamoasi nomidan Rayhonni tez futsat ichida tuzalib ketishiga tilakdosh bo'lib qolamiz. Konsert bo'lib o'tadigan sanalarni hozircha aytmaslikni lozim topdik. Zero, bu haqida hali ko'p yozamiz…


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 357 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *