Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
Rayhonning konsert tayyorgarliklari qanday ketyapti?
12 Apr, 2013

Rayhonning konsert tayyorgarliklari qanday ketyapti?

Rayhon konsert repetitsiyasiSB.uz portali ijodiy jamoasi Rayhonning navbatdagi yakkaxon konsert dasturiga tayyorgarlik jarayonidan fotoreportaj tayyorlash maqsadida Rayhonning konsert oldi repetitsiyalari bo’lib o’tayotgan «Turkiston» saroyiga tashrif buyurdi. Konsertga tayyorgarliklar ancha ilgari boshlangan bo’lsada, reportaj tayyorlash uchun endi imkoniyat topib bordik.

Kecha, 11 aprel sanasida bo’lib o’tgan repetitsiya jarayoni aslida soat 16:00da boshlanishi kerak edi. Biroq, shou-baletchilar, raqqosalarning ba’zi boshqa tadbirlari tufayli bir necha bor kechroqqa surilib, soat 21:00da boshlandi. Bu holat sababli Rayhon ham shu kuni biroz tushkun kayfiyatda edi. Biroq, raqqosalar bilan kerakli masalalar haqida kelishib olishgach tayyorgarliklar boshlandi. Bir necha qo’shiqqa tayyorlangan raqs ko’rinishlari ustida birma-bir ishlab chiqishdi. Repetitsiya jarayonini biroz kuzatganimizdan so’ng Rayhon bilan qisqagina suhbat qurib oldik. 24-25-26-27-28 aprel kunlari «Istiqlol» san’at saroyida bo’lib o’tadigan Rayhonning navbatdagi yakkaxon konsert dasturida muxlislarni nimalar kutmoqda? Mana shu savol barchani qiziqtirsa ajab emas. Agar kuzatgan bo’lsangiz, har yili Rayhon o’z konsert dasturida biror bir xonanda yoki guruh bilan duet kuylab chiqar edi. Bu yilgi konsertda esa siz birorta ham duet tarona tinglamaysiz. Faqat va faqat Rayhonning yakkaxon ijrolaridan bahramand bo’lasiz. Konsert dasturida bir qator yangi qo’shiqlar ijro etiladi. Ular orasida «Do’st» nomli taronaga alohida e’tiboringiz tushsa ajab emas. Zero, Rayhon mazkur qo’shig’i ustida jiddiy ish olib bordi va konsert dasturida do’st mavzusiga alohida to’xtalib o’tishga qaror qilgan. «Do’st» taronasini konsertga qadar hech qayerda tinglamaysiz. Aynan konsert dasturida prem’era tarzida tinglash imkoniyatiga ega bo’lasiz. Mazkur qo’shiq musiqasi mualliflari Rayhon va Zafar Qodirov hisoblanishadi. So’zlari esa Gavhar Sharipovaniki. Yana repetitsiyaga qaytsak. Bu yil repetitsiya jarayonlari Rayhon uchun biroz murakkab kelmoqda. Sababi, bu yil Rayhon konsert dasturini avvalgilardan ham yanada qiziqarliroq tashkil etish uchun harakat qilmoqda. Konsert dasturida siz Yigitalini ham ko’rishingiz mumkin. U ham konsert dasturida o’z chiqishi bilan ishtirok etadi. Repetitsiya jarayonlari shuningdek, Toshkent Davlat Sirkida ham bo’lib o’tmoqda. U yerda Rayhon va Yigitali sahna chiqishlaridan biri ustida ish olib borishmoqda. Agar imkoniyat bo’lib qolsa u yerdan ham fotoreportaj tayyorlab sizlarga taqdim etishga harakat qilamiz. Konsert dasturida jami 22ta tarona ijro etilishi rejalashtirilgan. Konsert bloklaridan biri «Uzoq sharq» yo’nalishida bo’ladi. Ammo, mazkur blok haqida Rayhon ma’lumotlarni oshkor etishni istamadi. To’g'ri, hamma ma’lumotlarni bizlarga ma’lum qilsa, konsert dasturida zerikib qolishimiz mumkin. Nima bo’lganda ham Rayhon o’z oldiga qo’ygan barcha rejalarini amalga oshira olishiga ishonamiz. Unga kuch va quvvat tilagan holda konsert dasturi omadli o’tishiga tilakdosh bo’lib qolamiz.

Quyida e’tiboringizga hamkorimiz «Real Time» foto va video studiyasi tomonidan tushirilgan fotosuratlar taqdim etilmoqda.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi, Tanlanganlar | 2 445 ta o'qildi | 1ta izoh

COOL.SB.uz -

1ta izoh

  1. концерт яхши утади райхонни ижодига омад

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *