Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
2 May, 2012

Rayhonning «Aldangan ko'ngil»i…

Rayhon - Aldangan ko'ngilMaftunkor Rayhon hech ham tinim bilmaydigan ko'rinadi. Kunda-kun ora qandaydir suratga olish ishlari, ovoz yozish studiyasida yangi qo'shiqlar yozish, turli loyihalar ustida ish olib borish… bu Rayhonning doimiy odatiy ish faoliyati! Biroq, uning bir kunini siz-u, biz boshdan kechirsak anchagina toliqib qolishimiz hech gap emas.

1 maydan 2 mayga o'tar kechasi Rayhon bilan bog'lanar ekanmiz, suratga olish ishlari bilan ovora ekanligini aytib o'tdi. Surishtirib bilsak, kinorejissor Javlon Shdmonovning yangi «Aldangan ko'ngil» filmi uchun maxsus saundtrek kuylagan ekan va aynan shu qo'shiqqa klip suratga olish ishlari amalga oshirilayotgan ekan. Film nomiga monand ravishda Rayhon ijro etgan saundtrek «Aldangan ko'ngil» deb nom oldi. Mazkur qo'shiq matni Bobur Umarov qalamiga mansub, musiqasi esa Rayhonning o'z ijodidan. Demak, tez orada navbatdagi saundtrek-klipni qarshi olamiz!

Rayhon - Aldangan ko'ngil

Rayhon - Aldangan ko'ngil


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 141 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *