Rayhonning 2015-yilgi konsert dasturi endi DVD disklarda!
Estrdamizning yorqin va betakror yulduzi Rayhon 2015-yil fevral oyida o’zining yakkaxon konsert dasturini taqdim etganligidan xabaringiz bor. Mana shu konsert dasturining videosi endilikda DVD disklarda sotuvga chiqarildi. Siz ushbu DVD disklarini harid qilgan holda, maroq bilan konsert dasturini tomosha qilishingiz mumkin.
Bu konsert dasturini bir bora tomosha qilgan tomoshabin, yana takror va takror tomosha qilayotganligi haqida xabarlar ham kelmoqda. Shunday ekan, konsert dasturini ko’rishga ulgurmagan muxlislar DVD disklarni tezroq qo’lga kiritishga shoshiling. Zero, disklar soni chegaralangan! Rayhonning navbatdagi konsert dasturiga qadar deyarli yana bir yil vaqt bor. Unga qadar 2015-yilgi konsert dasturini mazza qilib tomosha qilish imkoniyati sizlarda bor!