Rayhondan yangi tarona: «So’nggi nafas»!!!
O’zbek estradasining yorqin yulduzi Rayhon yangi qo’shiqlaridan biri bo’lmish «So’nggi nafas» taronasini o’z muxlislari e’tiboriga taqdim etdi. Ushbu qo’shiq avvalgi taronalari kabi qisqa fursatda muxlislar qalbidan joy olib, hit darajasiga chiqishiga ishonamiz.
Rayhonning mazkur qo’shig’iga klip ham suratga tushirilgan bo’lib, ayni damda klipning montaj ishlari olib borilmoqda. Tez orada klip ham tayyor bo’ladi va muxlislar e’tiboriga tortiq etiladi. Hozircha esa «So’nggi nafas» nomli yangi taronani Rayhonning rasmiy sayti www.rayhon.uz orqali ko’chirib olib, tinglashingiz mumkin. Darvoqe, mazkur qo’shiq musiqasi Rayhonning o’ziga tegishli, so’zlari esa Gavhar Sharipov qalamiga mansub.