Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
26 Avg, 2006

Rayhondan ikki yangi tarona…

RayhonLatofatli Rayhon shu kunda “Kelgindi kelin” deb nomlangan film uchun maxsus 2 ta jozibali taronani yozib tugatdi.Taronalardan birining nomi “Seni deb” nomlanadi. Musiqasi muallifi Rayhonning o’zi, matni esa Ibrohim Jiyanov qalamiga mansub. Ikkinchi taronaning nomi “Sog’indim”. Qo’shiqning matni Rayhonning sevimli shoirasi Ra’no Yarashevaga, musiqasi esa xonandaning o’ziga tegishli. Rayhon shuni aytib o’tishimizni joiz topdiki, “Kelgindi kelin” filmida hech qanday chiqish qilmaydi. Uning ikki taronasi soundtrack tarzida filmda yangraydi, xolos. Xonanda shuningdek yangi albomini ham tayyorlamoqda. Bu albomdan o’rin oladigan 4 ta qo’shiq tayyor. Tez kunlarda albom ham sotuvga chiqsa ajab emas.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 255 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *