Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
Rayhondan 5 kunlik konsert!
6 Fev, 2013

Rayhondan 5 kunlik konsert!

Rayhon Oyijon konsertMana fevral oyi ham kirib kelganiga bir hafta bo’lmoqda. Odatda har yili mana shu vaqtda hammaning og’zida Rayhonning konserti haqida gap-so’zlar bo’lar edi. Chiptalar olib ulgurmaganlar konsert dasturi chiptasini izlash bilan ovora bo’lar edi. Bu yil esa yana o’sha konsertga oid gap-so’zlar hammada. Biroq, konsert endi fevralda emas, aprelda bo’ladi!

Avval xabar berganimizdek, Rayhon bu yilgi konsert dasturini endi aprel oyida taqdim etishga qaror qilgan. 24-25-26-27-28 aprel kunlari «Istiqlol» san’at saroyida bo’lib o’tadigan Rayhonning navbatdagi konsert dasturi «Oyijon» deb o’z onasi hotirasiga ataldi. Konsert dasturi uchun tayyorgarliklar ancha avval boshlangan bo’lsada, ammo hozir tashkiliy va ijodiy ishlar bo’yicha yugur-yugur ayni avjiga chiqqan palla. Mana konsert dasturining reklama bannerlari ham tayyorlanib bo’ldi. Biz esa konsert dasturi taqdim etilguniga qadar unga oid barcha ma’lumotlarni siz aziz muxlislarga yetkazishga harakat qilamiz.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi, Tanlanganlar | 2 625 ta o'qildi | 1ta izoh

COOL.SB.uz -

1ta izoh

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *