Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Mirtohir Mirg'ulomov
Art by Sofia
Bo'limlar menyusi
Rayhon yana bir bor haqiqiy shousini taqdim etdi!!!
22 Fev, 2017

Rayhon yana bir bor haqiqiy shousini taqdim etdi!!!

Rayhon 2017 konsertO’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan artist Rayhon o’zining bu yilgi 5 kunlik konsert dasturini kecha ikkinchi kunini taqdim etdi. Rayhonning navbatdagi yakkaxon konsert dasturi ham haqiqiy shou tarzida o’tdi. Albatta uzoq muddat ko’rilgan tayyorgarlik o’z natijasini berdi.

Estradamizning maftunkor xonandasi o’zining shijoati, «energiyasi» bilan «Istiqlol» saroyiga tashrif buyurgan barcha muxlislarini kayfiyatini 100%ga chiqara oldi. Har bir qo’shiq uchun mos va uyg’un ravishda tayyorlangan raqslar ham e’tiborni tortmay qolmaydi. Ijro etilgan eng sara va yangi taronalarni tinglab, tomoshabin miriqib xordiq chiqara oldi. Juda ham ko’plab duet taronalarga faqatgina «barakalla» deyish mumkin. Ziyoda, Sardor Rahimxon, Halimaxon, Shahriyor, Munisa Rizaeva hamda «Bojalar» guruhi bilan kuylangan duet qo’shiqlar muxlislar tomonidan juda ham a’lo darajada qabul qilindi. Shaxsan men uchun Shahriyor bilan kuylangan duet juda yoqdi. Yaqin orada prem’erasi bo’lishi kutilayotgan «So’rama» deb nomlangan mazkur duetga klip ham suratga tushirish rejasi yo’q emas. Biz konsert haqida juda ham ko’p ma’lumot berishimiz mumkin. Biroq, ushbu ma’lumotlarni video ko’rinishida ham taqdim etish niyatimiz bor. Shuning uchun SB.uz portalining Youtubedagi rasmiy kanalini kuzatib borsangiz, yaqin orada konsertdan tayyorlangan videoreportajni ham tomosha qilish imkoniyatiga ega bo’lasiz. Bizning Youtubedagi kanalimiz htttp://youtube.com/sbuzofficial manzilida!!!

Quyida siz azizlar uchun konsert dasturi davomida hamkorimiz «Real Time» foto va video studiyasi fotosuratchisi G’ayrat Ubaydullaev tomonidan tushirilgan eksklyuziv fotosuratlar taqdim etilmoqda.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi, Tanlanganlar | 177 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *