Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
16 Noy, 2012

Rayhon va Yigitali nikoh oqshomidan eksklyuziv!

Rayhon nikoh oqshomiBugun 16 noyabr kuni Rayhonning orziqib kutilgan nikoh oqshomi bo'lib o'tdi. Toshkent shahrining ko'rkam to'yxonalaridan biri hisoblanmish «Versal» restoraniga barcha o'zbek shou-biznesi yulduzlari jamlanishdi. Rayhon hamda Yigitali esa o'zlarining hayotlaridagi eng yorqin lahzalarini do'stlari davrasida nishonlashdi.

Biz SB.uz portali ijodiy jamoasi ham mazkur to'y tantanasida mehmon bo'ldik. Aslida avvaliga to'y davomida tushirilgan fotosuratlar internet tarmoqlarida chiqarilmasligi lozimligi haqida xabar berilgan edi. Biroq, Rayhon shaxsan o'zi bizning portal uchun mustasno ravishda fotosuratlarni joylashtirishimiz uchun qarshilik bildirmasligini aytib o'tdi. Buning uchun Rayhonga alohida minnatdorchilik bildirib qolamiz. Nikoh oqshomiga muxlislar juda ham ko'p kelishi avvaldan ma'lum edi. Ammo, bu darajada ko'p muxlis «Versal» to'yxonasi oldiga to'planishini shaxsan men kutmagan edim. To'y tantanasi boshlanish arafasida «Versal»ning oldidan o'tganlar bo'lsa, o'zlari so'zlarimizni tasdiqlashlari mumkin. Ko'chaning o'zida mingga yaqin muxlislar kunning sovuqligiga qaramay to'planish turishlari Rayhonning nikoh kechasiga qiziqish qay darajada yuqori bo'lganligini ma'lum qilib turardi.
Nikoh oqshomi badiiy qismi aslida 18:00da boshlanishi taklifnomada ko'rsatilgan bo'lishiga qaramay, 19:30da to'yni eson-omon boshlab oldik. Albatta, kechani ustoz san'atkor Farruh Zokirov «Kelibdi» qo'shiqlari bilan ochib berdilar. So'ngra esa birin ketin estradamiz xalq artistlari, xizmat ko'rsatgan artistlar o'z tabriklarini qo'shiq jo'rligida taqdim etishdi. Kechaga kelmagan mashhur yulduz bo'lmasa kerak. Yulduz Usmonova, Ozodbek Nazarbekov, Sevara Nazarxon, Rashid Xoliqov, «Bojalar» guruhi, Sogdiana, Shahriyor, Nilufar Usmonova, Lola, Shahnoz, Manzura, Samandar, Davron Ergashev, Sardor Rahimxon, Ulug'bek Rahmatullaev, Oybek va Nigora, Ziyoda, xullas hamma shu yerda edi. Hammaning kayfiyati a'lo, juda ham yuqori darajada! Eng a'lo kayfiyat so'zsiz kelin va kuyovda edi. Ularning quvonchlari Gulnora Karimovaning tashriflaridan so'ng yana 1000 karraga oshdi, desak mubolag'a bo'lmasa kerak. Ushbu tantananing eng unutilmas lahzalarining aksari ham aynan Gulnora Karimova bilan bog'liq, deb bemalol aytishimiz mumkin. Rayhon va Yigitalining eng zo'r sovg'asi so'zsiz Gulnora Karimova tomonlaridan taqdim etilgan «Guli» brendi ostida Fransiyada ishlab chiqarilgan ajoyib atirlar edi. Tabrik ketidan, Gulnora Karimovaning Rashid Xoliqov bilan birgalikda kuylagan duetlari esa barchani o'z joylaridan turib tomosha qilishlariga sabab bo'ldi. To'y tantanasi haqida juda ham ko'p yozishimiz mumkin. Ammo, uni barchasini yozib sizlarga yetkazish juda mushkul. Bugun sizlarga eksklyuziv ravishda bir qancha fotosuratlarni taqdim etamiz. Marhamat, ulardan bahramand bo'ling. Darvoqe, Rayhon va Yigitaliga dunyodagi eng ezgu tilaklarni tilab qolamiz. Doimo baxtli bo'linglar!!!

Rayhon nikoh oqshomi

Rayhon nikoh oqshomi

Rayhon nikoh oqshomi

Rayhon nikoh oqshomi

Rayhon nikoh oqshomi

Rayhon nikoh oqshomi

Rayhon nikoh oqshomi

Rayhon nikoh oqshomi


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 3 810 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *