Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
25 Dek, 2010

Rayhon va Manzura Londondagi hayriya konserti

Rayhon & ManzuraRayhon hamda Manzura 11-15 dekabr kunlari Buyuk Britaniyaning London shahrida bo'lib qaytishgani haqida bizning saytimiz va www.rayhon.uz sayti orqali ma'lumot berishgan edi. Ma'lumotga qaraganda u yerda o'zbekistonlik vatandoshlarimiz uchun hayriya konsert dasturi ham o'tkazilgani haqida yozilgandi. Aslida esa, 11-12 dekabr kuniga rejalashtirilgan ushbu konsert umuman bo'lib o'tmagan! Sabab, esa oddiy!

Portalimiz mehmoni Zafar Najmiddinov ushbu hayriya konsert dasturi haqida bizga quyidagi mazmundamaktub yo'llagan.:

Aziz vatandoshlar 11-12 dekabr Uzbek singers (Rayhona, Manzura and Jasur Umirov are The Host of the night 202 Upper (tooting road London «club Jasmin» SW17 7T. Jasmin klubining adresi) shov-shuvli bayram kechasiga marhamat,-mazmunidagi sms barcha-barchaga sms xabar tarzida yuborilgan.

Bu haqida O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist Rayhonaning saytida quyidagicha ma'lumot berilgan:

«11 декабр куни Буюк Британия “юрак”и Лондонда “Узбекона янги йил кечаси” хайрия концерти булиб утди. Лондонда истикомат килаётган истеъдодли ёшларимиз таклифига биноан севимли хонандаларимиз Райхон, Манзура ушбу кечага таклиф этилди. 10-14 декабр кунларидаги сафар чогида тарихий обидаларга бой шахар буйлаб саёхат хам уюштирилди. Британия-Узбек жамияти (British-Uzbek Society) талабалари Райхон ижросидаги энг оммалашган тароналарни тинглаб росманасига маданий хордик чикаришди. Куй-кушик ва раксга тула узбекона учрашув узокда истикомат килаётган ватандошларимиз калбига жонажон юртимиз тафтини улашди, десак муболага булмас.» (manba: www.rayhon.uz).

Lekin Rayhonning rasmiy saytida konsert dasturidan birorta ham fotosurat joylashtirilmagan…

Hayriya konsert dasturining chiptalari 30 funtdan (tahminan 45-50 $) sotilgan. Lekin konsert dasturiga 30-40 ta tomoshabin tashrif buyurgan.
12 dekabrda barcha mehmonlar jamuljam, lekin na Rayhondan va na Manzuradan darak bor? Tomoshabinlar soat 19:00 da tashrif buyurib, soat tungi 21:00 gacha bu ikki ijodkorni kutib o'tirishgan. Shundan so'ng, tashkilotchilar sahnaga ko'tarilib, Rayhon injiqlik qilayabti, uzr konsert dasturi taqdim qilinmaydigan bo'ldi,-deb barcha tashrif buyurgan mehmonlarga chipta pullarini qaytarishgan. Aslida gap chipta uchun sarflangan pulda ham emas. Gap shundaki, o'zbekistonlik vatandoshlarimiz Londonda o'qish va ishlaridan qolib, konsert bo'lar ekan deb, ovora bo'lib tashrif buyurishganida. Ikki xonanda shuncha odamni sarson qilishining nima keragi bor edi. Shuningdek, umuman bo'lib o'tmagan konsert dasturini bo'lib o'tdi,-deb yozish bu o'ta ahmoqona ishdan boshqasi emas! Xolis fikrni tomoshabin beradi.

Rayhon (Fathiddin, Rayhonning administratori): Avvalo Rayhonaning muxlislari hafa bo'lishmasin. Konsert tashkilotchilari na Rayhon va na Manzura emas. Konsert tashkilotchilari noto'g'ri ma'lumot tarqatishgan. Biz tashkilotchilar bilan 11 dekabr kuni Londonda tahsil olayotgan o'zbekistonlik talabalar uchun hayriya konsert dasturini taqdim qilish bo'yicha kelishgan edik. Tashkilotchilar Rayhon, Manzura va Jasur Umirovni taklif qilishgan edi. Lekin Jasur Umirov uchib bora olmadi. Kelishuvga ko'ra, Rayhon va Manzura har birlari 4-5 tadan qo'shiq kuylashlari kerak edi. Lekin biz o'zbekistonlik vatandoshlarimizning talab va istaklariga ko'ra Rayhon va Manzura har biri 10 tadan qo'shiq va bitta duet qo'shiq kuylashdi. O'zbekistondan gastrol safariga ketayotganimizda, Buyuk Britaniyaning Toshkentdagi elchixonasi va «O'zbeknavo» estrada birlashmasiga bir kunlik konsert berish uchun jo'nab ketayotgandik,-deb aytganmiz. Ammo 12 dekabr kuni tashkilotchilar bugun ham konsert dasturi borligini aytishdi. Biz esa taasufki, rozilik bildirmadik. Chunki hech qachon hayriya konsert dasturi ikki yoki uch-to'rt kun bo'lmaydi. Hayriya konsert bir kun bo'lib o'tadi. Avval kelishilgani bo'yicha ham konsert bir kun deb aytilgan edi.

P.S.: Manzuraning administratori bilan hozircha bog'lana olmaganligimiz uchun ushbu holat bo'yicha uning fikrlarini havola qila olmadik.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 243 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *