Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
Rayhon Ukrainada mehmon bo’lib qaytdi!
11 Mart, 2013

Rayhon Ukrainada mehmon bo’lib qaytdi!

Rayhon Ukraina konsertRayhon 2013 yil 9 mart kuni Ukrainaning Simferopol shahrida bo’lib o’tgan taqdimot konsert dasturida ishtirok etdi. Ushbu konsert dasturiga Rayhon mehmon san’atkor sifatida taklif etilgan edi. Konsertda sevimli yulduzimiz o’zining eng sara qo’shiqlarini ijro etib, ukrainalik muxlislarni xushnud etdi.

Mazkur konsert juda ham a’lo darajada o’tgan bo’lib, konsert haqida Rayhon quyidagi fikrlarni bildirib o’tdi: «Muxlislarim shodligini, olqishlarini ko’rib, juda hursand bo’ldim. Quchog’im gullarga to’lib ketdi». Rayhon ushbu konsertdan ko’ngli to’lganligini anglash mushkul emas. Eslatib o’tamiz, 24, 25, 26, 27 hamda 28 aprel kunlari Rayhon o’z yakkaxon konsert dasturini yurtimizda taqdim etadi.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 927 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *