Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
Rayhon uchmoqda, hamma hayratda!!! (Konsertdan fotosuratlar)
28 Apr, 2013

Rayhon uchmoqda, hamma hayratda!!! (Konsertdan fotosuratlar)

Rayhon 2013 konsertTurli tadbirlar so’nggi kunlarda juda ko’p bo’lganligi sababli SB.uz portali ijodiy jamoasi Rayhonning yakkaxon konsert dasturiga tashrif buyura olmayotgan edi. Mana kecha ham tadbirlar ko’p bo’lishiga qaramay, barchasiga ulgurishga harakat qildik va Rayhonning 2013 yilgi yakkaxon konsert dasturi 4-kuniga tashrif buyurdik.

Konsert dasturi kutilgandan ham a’lo darajada o’tayotganligi haqida o’zbek shou-biznesi vakillari bizga ko’p bora ta’kidlashayotgan edi. Biz ham ularning so’zlari ayni haqiqat ekanligiga ishonch hosil qildik. Hattoki, yulduzlarimiz konsert dasturi davomida Rayhonni qo’llab-quvvatlab «Rayhon, Rayhon…» deb baqirib ovozlalini ham bo’g'ib olishgani juda qiziqarli holat. Kecha, ya’ni 2013 yil 27 aprel sanasida «Istiqlol» san’at saroyiga soat 19:10larda yetib keldik. Konsert boshlanishiga ulgurmadik, deb o’ylagan edik. Ammo, nasib qilgan ekan konsert boshlanishiga aniq yetib kelibmiz. Eng avvalo bizni e’tiborimizni tortgani bu konsert zalga o’rnatilgan monitor. Shu kunga qadar hali biror bir o’zbek xonandasining konsert dasturida bunday katta monitorni «Istiqlol» saroyida ko’rmagan edim. Buni bir bor tomosha qilsangiz, siz ham naqadar ajoyib ekanligini ko’rishingiz mumkin. Ushbu monitordan oqilona foydalana olish ham bir san’at. Rayhon esa buni uddaladi. Monitor orqali namoyish etiladigan har bir videoni ham avvaldan tayyorlab olingan. Konsert dasturi davomida ijro etilgan qo’shiqlarga urg’u berib o’tirmaymiz. Zero, bu qo’shiqlarni konsert videosi tayyor bo’lgach o’zingiz tomosha qilib bilib olsangiz qiziqarliroq bo’ladi. Rayhonning muxlislari, ayniqsa fan-klub a’zolari qo’llab-quvvatlashni juda ham a’lo darajada uddalashdi. Quyida taqdim etiladigan fotosuratlarni ko’rib o’zingiz ham guvoh bo’lishingiz mumkin. Konsertning hayratlanarli jihatlaridan biri bu Rayhonni uchishi bo’ldi. Ortiqcha himoya vositalarisiz Rayhon «Istiqlol» saroyida parvoz qildi. Sahna ortida esa ushbu parvozni amalga oshirish uchun bir qator pahlavonlar jonbozlik ko’rsatayotganini ko’rish mumkin edi. Juda ham a’lo darajada tayyorgarlik ko’rilganligini payqash qiyin emas edi. Bugun 28 aprel va aynan bugun Rayhonning 2013 yildagi Toshkentda taqdim etadigan yakkaxon konsert dasturining so’nggi kuni hisoblanadi. Biz bugun ham konsert dasturiga tashrif buyurishni rejalashtirganmiz. Nasib qilsa, so’nggi kun tafsilotlari bilan yana o’rtoqlashamiz. Hozircha esa portalimiz uchun maxsus suratga olingan fotosuratlarni tomosha qiling. Fotosuratlar «Real Time» foto va video studiyasi tomonidan suratga tushirilgan.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi, Tanlanganlar | 2 013 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *