Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
30 Noy, 2007

Rayhon konsertga hozirlik ko’rmoqda!

RayhonShiddat bilan ijod qilib kelayotgan xonandamiz Rayhon yakkaxon konsert dasturi ustida ish boshlab yuborgan. Har doimgidek fevral oyida, sevishganlar kunida o’tkaziladigan Rayhonning navbatdagi konsert dasturi avvalgilaridan farq qilishi va ajoyib shou-dastur sifatida muxlislarni yodida qolishi uchun xonanda o’z ijodiy guruhi bilan izlanishda.Ayni damda konsert uchun maxsus dekoratsiya ijodiy guruhni o’ylantirmoqda. U qanday ko’rinishda bo’lgani ma’qul, degan savolga javob izlashmoqda. Shuningdek, konsert uchun yangi qo’shiqlar yozish ishlari ham avjida! Rayhonning navbatdagi konsert dasturi nimasi bilan muxlislar yodida qolishi mumkin? Bu savolga Rayhon va uning ijodiy guruhi albatta fevral oyiga qadar javob topadilar.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 195 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *