Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
14 Fev, 2010

Rayhon Jeksonning konsertiga tushdingizmi?

RayhonMaftunkor yulduzimiz Rayhonning har bir o'tadigan konsert dasturi juda yuqori darajada uyushtiriladi va sahnalashtiriladi. Navbatdagi konsert dasturi ham hammani lol qoldirmoqda. Ayni kunlarda bo'lib o'tayotgan konsert dasturi haqida ikki og'iz ma'lumot beramiz bugun.

Sarlavhani o'qib hayron qolgandirsiz. Hech hayratlanarli joyi yo'q. Zero, Rayhonning ushbu konsert dasturidagi raqslari Maykl Jeksonni yodga solishi hech bir muxlisning e'tiboridan chetda qolmagan bo'lsa ajab emas. So'nggi ishlangan kliplarida ham Rayhon Maykl Jekson singari raqsga tushganiga guvoh bo'lgan edik. Buni taqlid emas, havas deb atagan bo'lardim. Har holda bu singari raqslarni har kim ham eplolmaydi.
Konsert dasturi duetlarga boy bo'ldi, deb aytish mumkin. Shahnoz, Jahongir Poziljonov, Manzura hamda Sardor Rahimxon bilan ijro etilgan ajoyib duet taronalar barchaning diqqat markazida bo'ldi. Rahmatlik Mo'min Oripov hotirasiga bag'ishlab kuylangan qo'shiq muxlislar ko'ziga yosh kelishiga sabab bo'ldi. Maykl Jeksonga ham atab o'zbek tilida kuylangan taronaga gap yo'q!
Demak, konsertga tashrif buyurib ulgurmagan muxlislarga tashrif buyurishni maslahat beramiz. Quyida esa konsert dasturidan fotolavhalar havola qilinadi.

Rayhon

Rayhon

Rayhon

Rayhon

Rayhon

Rayhon

Rayhon

Rayhon

Rayhon

Rayhon

Rayhon

Rayhon


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 150 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *