Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
Rayhon fan-klubi bilan uchrashdi
30 Apr, 2013

Rayhon fan-klubi bilan uchrashdi

Rayhon fan-klubBugun «Sulola» restoranining kichik zalida Rayhon o’z fan-klubi bilan uchrashdi. Fan-klub a’zolari Rayhonga ajoyib konsert uchun minnatdorchilik bildirish maqsadida sovg’alar bilan boy bo’lgan uchrashuvni tashkillashtirdilar. Rayhonga endi fan-klub a’zolari konsert qo’yib berishdi…

Fan-klub uchrashuviga Rayhon singlisi Nasiba hamda dugonasi, radioboshlovchi Shirin G’ofurova bilan tashrif buyurdi. 16:30da boshlangan fan-klub uchrashuvi boshidanoq muxlislar Rayhonga atalgan sovg’a salomlarini birin-ketin taqdim etdilar. Kimdir shlyapa sovg’a qildi, kimdir uzuk, yana kimdir esa Maykl Jeksonning haykalini. Xullas, sovg’alar bisyor edi. Biroq, Rayhon uchun eng kutilmagan sovg’alar oldinda edi. Muxlislar Rayhonni xushnud etish uchun kichik konsert ham qo’yib berdilar. Ulardan biri Rayhonning qo’shig’ini ijro etib berdi. Bir qanchalari Rayhon ijrosidagi qo’shiqlarga raqsga tushib berishdi. Uchrashuv davomida fan-klub a’zolari Rayhonga o’zlarini qiziqtirgan bir qator savollar bilan murojaat etib, unga javob olishdi. Uchrashuv yakuniga yaqin esa shirinliklar tortildi. So’ngra dastxatlar ulashuvhidan tortib, fotosuratlarga tushish jarayonlari davom etdi. Menimcha, Rayhon konsert charchoqlarini mana endi aniq unutadi!!!

Quyida siz azizlarga Rayhonning fan-klubi bilan uchrashuv chog’ida SB.uz portali uchun maxsus «NVS» studiyasi tomonidan tushirilgan eksklyuziv fotolavhalar taqdim etilmoqda. Marhamat, tomosha qiling!


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 1 713 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *