Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
3 Fev, 2009

Rayhon 4 kunlik hisobot arafasida…

Rayhon11, 12, 13 hamda 14 fevral kunlari «Istiqlol» san’at saroyida Rayhon o’zining navbatdagi yakkaxon konsert dasturini taqdim etadi. An’anaga sodiq qolgan holda muhabbatga oshno qalblarni o’z konsert dasturiga taklif etmoqda. Mazkur konsert dasturiga Rayhon anchadan buyon tayyorgarlik ko’rmoqda, yangi qo’shiqlar, dekoratsiya (sahna ko’rinishi), har bir qo’shiqni sahnalashtirish, raqslar, liboslar va hokazo…

Dastur oldidan har doim OAV hodimlari uchun maxsus matbuot anjumani uyushtirar edi. Biroq, bu safar konsert dasturiga tayyorgarliklar avvalgilaridan ko’proq vaqt talab etganligi sababli, anjumanga imkoniyat topa olmadi. Nima bo’lganda ham barchaga ma’lum Rayhon o’z yakkaxon konsert dasturini yuqori darajada uyushtirishga qodir va u buni bu yil ham uddalaydi. Odatga ko’ra konsert dasturida kutilmagan sovg’alar bo’ladi. Bularni esa hozircha sir saqlamoqda. Konsertga tashrif buyurib baridan o’zimiz bahramand bo’lishimiz mumkin. Chiptalar soni chegaralanganligini unutmang!

 

Rayhon


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 63 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *