Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
ID Group
Bo'limlar menyusi
Rayhon 2016-yilgi konsertidan fotoreportaj!!!
24 Fev, 2016

Rayhon 2016-yilgi konsertidan fotoreportaj!!!

Rayhon 2016 konsertEstradamizning yorqin yulduzi, O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan artist Rayhon o’zining navbatdagi konsert dasturini ham a’lo darajada o’tkazmoqda. Mana konsertning 2 kuni ham ortda qoldi. SB.uz portali esa odatga ko’ra konsert dasturidan eksklyuziv fotoreportaj bilan sizlarni xushnud etishga tayyor.

Rayhon har yili o’zining konsert dasturiga juda katta kuch tashlaydi. Yorqin dekoratsiya, orginal raqs ko’rinishlari, latofatli liboslar va ajoyib musiqa jo’rligi bu Rayhonning yakkaxon konserti demakdir! Muxlislar bilan limmo-lim to’lgan «Istiqlol» saroyida esa «Rayhon, Rayhon, Rayhon» degan hayqiriqlar tinimsiz jaranglab turar edi. Rayhonning har yilgi konserti qandaydir bir shou ko’rinishida bo’lib o’tadi. Bu yil ham haqiqiy «Rayhon shou» bo’ldi, desak mubolag’a bo’lmaydi. Yangi taronalar va siz sevgan qo’shiqlarning remiks talqini bu yilgi hisob bo’yicha 13-bo’lgan Rayhonning yakkaxon konsert dasturidan o’rin oldi. Xullas, bir so’z bilan aytganda Rayhon bu yil ham imtihondan a’lo baholarga o’tmoqda. Agarda siz Rayhonning bu yilgi konsertiga tushishga ulgurmagan bo’lsangiz, u holda shoshiling, oldinda yana 3 kunlik konsert dasturi kutib turibdi sizni!

Quyida siz azizlar uchun konsert davomida hamkorimiz «Real Time» foto va video studiyasi fotosuratchisi G’ayrat Ubaydullaev tomonidan tushirilgan eksklyuziv fotosuratlar taqdim etilmoqda.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi, Tanlanganlar | 3 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *