Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
Rayhon 2 albomi taqdimotini o’tkazdi!!!
13 Mart, 2015

Rayhon 2 albomi taqdimotini o’tkazdi!!!

Rayhon 2015 albom taqdimotiKuni kecha, ya’ni 2015-yilning 12-mart sanasida shahrimizda joylashgan «Discovery» musiqiy disklar do’konida Rayhon o’zining navbatdagi albomlari taqdimotini o’tkazdi. Bir emas, 2 albomini taqdim etgan Rayhon tashrif buyurgan OAV hodimlari savollariga ham javob berib o’tdi.

Rayhon yaqindagina o’zining yakkaxon konsert dasturini taqdim etganidan xabaringiz bor. Mana shu konsert dasturida jarang sochgan eng sara va yangi taronalar o’rin olgan birinchi albom «Izlama» deb nomlangan. Ushbu albomdan sevimli xonandangizning 12ta qo’shig’i va bonus tarzida «Asalim mani» taronasining remiks talqini o’rin olgan. Ikkinchi albomdan esa Rayhon ijodi mobaynida yaratilgan remiks tarzida jarang sochgan barcha qo’shiqlar joy olgan. Har ikki albomni ham «Discovery» musiqiy do’konlar tarmog’idan harid qilishingiz mumkin.
Albom taqdimoti davomida Rayhon berilgan savollarga javob berar ekan, «Izlama» taronasi o’z hayotingizdan olinganmi, bu taronani sizni hayotingizda sodir bo’layotgan voqealarga aloqasi bormi, — degan savolga javob berishni istamadi. Tohir Sodiqov bilan birgalikda ijro etishgan duet taronaga esa Rayhon va Tohir Sodiqovning konsert dasturidagi videolardan foydalanilgan holda klip tayyorlanishi rejalashtirilganligini aytib o’tdi.

Quyida siz azizlar uchun albom taqdimoti davomida hamkorimiz «Star Media» foto va video studiyasi fotosuratchilari G’ayrat Ubaydullaev tomonidan tushirilgan eksklyuziv fotosuratlar taqdim etilmoqda.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi, Tanlanganlar | 1 143 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *