Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
13 Noy, 2007

Ravshan Komilovdan 3 tarona!!!

Ravshan KomilovO’zbekistonda hizmat ko’rsatgan artist Ravshan Komilov ijodidan yangi taronalar! Qisqa muddat ichida u bir nechta taronalar yozishga ulgurdi. Shulardan biri, «Qarab-qarab» deb nomlanadi.Qo’shiqning ijodkorlariga to’xtalib o’tadigan bo’lsak, she’rini Mirza Karim, musiqasini esa, Maqsud yozgan. Qo’shiq g’oyasi Musaxon Nurmatovga tegishli. Ikkinchi taronasi esa, «Birinchi muhabbatim» deb nomlanadi. Mazkur qo’shiqning matnini Arslon Karim yozgan bo’lsa, musiqasini Ravshan Komilovning o’zi bastalamoqda. Suyukli xonandamizning ijodidan o’rin olgan uchinchi taronasi esa, «Borsan» taronasidir. Qo’shiq g’oyasi va aranjirovkasi Shuhratga, she’ri esa, Ibrohim Jiyanovga tegishli. Ravshan Komilov shu qo’shiqlarining qaysinisi xalqqa ko’proq manzur bo’lsa, aynan shu taronasi uchun klip suratga oldirishni rejalashtirgan.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 48 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *