Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
Rashid Xoliqovdan intervyu Germaniyadan!!!
22 May, 2013

Rashid Xoliqovdan intervyu Germaniyadan!!!

Rashid Xoliqov GermaniyadaSo’nggi paytlarda Rashid Xoliqovga bog’liq mish-mishlar anchagina bolalab ketdi. Hamma joyda har xil gap-so’zlar. Xo’sh, aslidachi? Aslida Rashid Xoliqovga nima bo’ldi? Barcha sizlarni qiziqtirgan savollarga hoziroq javob topasiz. Eksklyuziv fotosuratlar va intervyu faqat bizda!!!

O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan artist Rashid Xoliqov haqidagi mish-mishlarga chek qo’yish maqsadida sevimli yulduzimiz bilan aloqaga chiqdik. Bizni qiziqtirgan bir qancha savollarga Rashid Xoliqov birma-bir javob berib o’tdilar. Ushbu qisqagina suhbatga barchangizni e’tiboringizni qaratamiz.

SB.uz: Assalomu Alaykum, Rashid aka. Yaxshimisiz? Tuzalib qoldizmi?
Rashid Xoliqov: Rashmat Mirtohir. O’ziz yaxshimisiz?
SB.uz: So’nggi paytlarda O’zbekiston bo’ylab siz haqingizda turli mish-mishlar bolaladi. Muxlislarni tinchlantirish uchun sizni bezovta qilishimizga to’g'ri kelmoqda. Shu sababdan sizga bir qator savollar bilan murojaat etmoqchimiz.
Rashid Xoliqov: Bemalol.
SB.uz: Rashid aka, ayni damda qayerdasiz?
Rashid Xoliqov: Men hozir Germaniyaning Vizbaden degan shahridagi HSK shifoxonasidaman. Ushbu shifoxona juda ham zo’r ekan, shifokorlari ham juda malakali, o’z ishini ustalaridan tashkil topgan. Oyoqlarimda mushaklar yorilishi kuzatilganligi bois shu yerga keldim. Jarrohlik amaliyoti bilan ushbu kasallikdan voqif bo’ldim. Hozir hammasi yaxshi, hamma davolanish jarayonlaridan muvaffaqiyatli o’tdik, xudoga shukur. Endi jarrohlik amaliyotdan so’ng kechadigan tiklanish jarayoni ko’proq vaqtni olar ekan. Hozir shifokor bergan dori-darmonlarni olib, shu yerda dam olmoqdamiz. Muxlislar va shahrimni, oilamni juda ham sog’inganman.
SB.uz: Biz ham sizni juda sog’inganmiz. Bu dard aslida qachon boshlangan edi?
Rashid Xoliqov: Adashmasam, mart oylarida… Avvaliga bunga ahamiyat qilmasdan, shunchaki shamollash bo’lsa kerak, o’tib ketadi, deb o’ylagandim.
SB.uz: Fevral oylarida SB.uz portalining yangi madhiyasini yozish jarayoniga tashrif buyurganingizda ko’zingiz shamollaganligi haqida aytgandingiz va madhiya yozish jarayonidan ko’zoynakni yechmagan holda klipda suratga tushgan edingiz. Demak, o’sha shamollash ko’zizdan boshlangan ekan-da?
Rashid Xoliqov: Ha, aytganingizdek, oddiy shamollash deb o’ylagan edim.

Rashid Xoliqov Germaniyada
SB.uz: Germaniyaga qachon yo’l olgandingiz? Jarrohlik amaliyoti qachon bo’lib o’tdi?
Rashid Xoliqov: 25 aprelda Germaniyaga yetib keldim. 29 aprelda esa shifoxonaga joylashdim. 10 may kuni esa jarrohlik amaloyoti bo’lib o’tdi.
SB.uz: Hozir sog’ligingiz yaxshimi?
Rashid Xoliqov: Xudoga shukur, hozir o’zimni yaxshi his qilmoqdaman. Saida umr yo’ldoshim ham men bilan birga bir palatadamiz. Yaxshi ham shu inson meni yonimda. Er-xotin qo’sh xo’kiz, deganlari shu bo’lsa kerak (kuladi). Shifoxona maxsus kiyimlari konsert kostyumlaridan ancha farq qilar ekan (kuladi).

Rashid Xoliqov Germaniyada
SB.uz: Fotosuratlarda ko’rinishingiz chakki emas. Ko’z tegmasin. Tiklanish davri jarayonida zerikib qolmayapsizmi?
Rashid Xoliqov: Yo’q, zerikmaslikka harakat qilmoqdamiz. «Mahallada duv-duv gap», «O’tgan kunlar» va shu kabi o’zbek kinosi durdonalarini qayta-qayta ko’rib o’tiribmiz. Odam o’z yurtidan uzoqda bo’lganda, mana shu kabi filmlarni juda sog’inar ekan. Bekorchilikdan 2ta yangi qo’shiq ham yozishga imkon topdim. Qo’shiqlardan biri lirik yo’nalishda Shuhrat Zokirov bilan yozildi. Ikkinchisi esa sho’x uslubda. O’zimizni o’zbekcha milliy taomlarimizni juda-juda sog’indim.
SB.uz: Rahmat Rashid aka! Sizga ham shifo tilab qolamiz! Tez orada ona yurtingiz O’zbekistonga eson-omon qaytib kelishingizni kutib qolamiz.

Rashid Xoliqov Germaniyada


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 2 016 ta o'qildi | 2 izohlar.

COOL.SB.uz -

2 Izohlar

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *