Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
15 Okt, 2012

Rahmatullaevning konserti 3 kun bo'ladimi?

Ulug'bek RahmatullaevXabaringiz bor 26-27 oktyabr kunlari «Istiqlol» san'at saroyida Ulug'bek Rahmatullaev o'zining navbatdagi konsert dasturini taqdim etadi. Ushbu konsert dasturiga tayyorgarliklar uzoq muddat davom etdi, natija esa ko'ngildagidek ketmoqda!!! Bugungi kunga kelib chiptalarning barchasi sotib bo'lingan!!!

Bizga qadar yetib kelgan ma'lumotlarga ko'ra Ulug'bek Rahmatullaevning 2012 yil 26-27 oktyabr kunlari bo'lib o'tadigan yakkaxon konsert dasturiga chiptalarning barchasi sotib bo'lingan. Muxlislar esa konsertga yana bir kun qo'shilishini istashmoqda. Ammo, Ulug'bek Rahmatullaev konsert kunlarini ko'paytirish niyati yo'q ekanligini ma'lum qildi. Zero, konsert dasturi uchun Ulug'bek tayyorgarliklarni boshlar ekan 2 kunlik konsert dasturi tashkil etish borasida rejalarni tuzib qo'ygan edi. Ham jismonan, ham ruhan tayyorgarliklar 2 kun uchun mo'ljallangan. Undan ortig'iga esa Ulug'bek bu yil tayyor emas! Zero, konsert dasturi faqatgina bir insonning imkoniyatidan kelib chiqib amalga oshiriladigan ish emas. Unda 50-60 dan ortiq ijodiy guruhning mehnati talab etiladi. Ulug'bekning raqqoslar guruhi ham ushbu 2 kunlik konsert dasturidan so'ng xorijga gastrol safari bilan jo'nab ketishlari rejalashtirilgan bo'lib, ulardan boshqa raqs guruhi konsert dasturidan o'rin olgan barcha qo'shiqlarga qanday harakatlanish, qanday raqsga tushish kerakligini bilmaydilar. O'rganishlariga esa anchagina vaqt talab etiladi. Mayli, nima bo'lgan taqdirda ham biz do'stimiz Ulug'bek Rahmatullaevni oldidagi katta imtixonidan eson-omon yorug' yuz bilan o'tib olishiga tilak bildirib qolamiz. Kelgusi yilda esa konsert dasturlarini oldindan ko'proq kun tashkillashtirish borasida tayyorgarliklar olib boradi, degan umiddamiz.

Ulug'bek Rahmatullaev


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 90 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *