Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
24 Okt, 2011

Rahmatullaevning 2012 yilgi rejasi ertaga…

Ulug'bek RahmatullaevBu yilning eng yaxshi qo'shig'i bo'lishga asosiy davogar bu shubhasiz «Bemor» taronasi hisoblanadi. Uning ijrochisi Ulug'bek Rahmatullaevning ham omadi mana shu qo'shiqdan so'ng yanada chopdi, deb bemalol aytishimiz mumkin. Biroq, oldindan bundanda zafarli onlar kutib turgan bo'lsa ne ajab! Ulug'bek Rahmatullaevning 2012 yilda taqdim etishi rejalashtirilgan qo'shig'ini bu yil tinglash imkoniyatiga egasiz.

Ertaga, 25 oktyabr kuni yurtimizning barcha FM radiolarida Ulug'bek Rahmatullaevdan 2012 yil taqdim etilishi lozim bo'lgan «Jonim» nomli taronasini qarshi olishingiz mumkin. Xo'sh, Ulug'bek nima uchun bu taronani kelgusi yil emas, bu yil taqdim etishga qaror qildi? Bu savolga javob bilish maqsadida Ulug'bekka murojaat etganimizda, u muxlislar talabi men uchun qonun, degan ma'noda javob qaytardi. Albatta, bu hislati Rahmatullaevga yanada omadlar olib keladi. Demak, Ahmad Hojimatov musiqasi, Tohir Muhammad she'ri bilan «Pan-terra» studiyasida yozilgan «Jonim» taronasini ertaga barcha radiolar orqali tinglash imkoniga ega bo'lasiz.

 

Ulug'bek Rahmatullaev


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 129 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *