Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
Rahimxonning Namangandagi gastroli davom etmoqda…
21 Avg, 2014

Rahimxonning Namangandagi gastroli davom etmoqda…

Sardor Rahimxon KosonsoydaEstradamiz yulduzi Sardor Rahimxon mana bir necha kundan buyon Namangan bo’ylab o’z yakkaxon konsert dasturini taqdim etmoqda. O’tgan uch kun davomida Sardor Rahimxon To’raqo’rg’on, Toshbuloq va Kosonsoyda o’z konsert dasturini taqdim etdi. 19-avgust kuni To’raqo’rg’onning markaziy stadioni bo’lib o’tgan Sardor Rahimxonning yakkaxon konsert dasturiga 5mingdan ziyod muxlislar tashrif buyurishdi. Anshlag tarzda o’tgan ushbu konsert dasturida onaxonlar Sardor Rahimxonni rosa duolar qilishdi. 20-avgust kuni esa Toshbuloqda joylashgan amfiteatrda ham mehrga to’la konsert dasturi bo’lib o’tdi. Bugun, ya’ni 21-avgust kuni esa Kosonsoy markaziy stadionida Sardor Rahimxon navbatdagi konsert dasturini taqdim etdi. Konsert dasturida Sardor Rahimxonning shogirdi Abror Azizov ham ishtirok etdi. Quyida mana shu 3 kunlik konsert dasturlarida tushirilgan fotosuratlar taqdim etilmoqda.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 159 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *