Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
Rahimxonning «Malikam endi qara» klipidan fotolar…
29 Avg, 2014

Rahimxonning «Malikam endi qara» klipidan fotolar…

Sardor Rahimxon - Malikam endi qaraEstradamiz yorqin yulduzi Sardor Rahimxon o’zining «Malikam endi qara» taronasiga klip suratga tushirishni oldiniga istamagan edi. Biroq, vaziyat shunday holatga keldiki, bu taronaga ham klip suratga tushiriladigan bo’lib qoldi. Nimaga deysizmi? Sababi…

Buning sababi albatta muxlislar! Sardor Rahimxon aslida «Malikam endi qara» nomli taronasini ham «Do’st» taronasi singari klipsiz hit darajasiga chiqishini istagan edi. Biroq, ko’ngli bo’sh Sardor muxlislarini talabini yerda qoldirishni istamadi. Ko’p sonli muxlislardan kelib tushgan takliflarga binoan Sardo Rahimxon ushbu taronasiga ham klip suratga tushirishga qaror qildi.
Klipni suratga tushirish uchun haqiqiy professional ijodkorlar jalb qilindi. Klip rejissori Sanjar Matkarimov, operator esa Narimon Sultonxo’jaev. Klip juda romantik ravishda suratga olingan bo’lib, unda bosh rollarni Asal Shodieva hamda Sug’diyona Azimovalar ijro etishdi. Mazkur klipning yana bir alohida jihatlaridan biri klipdagi qahramon yigit rolini Sardor Rahimxonning o’zi talqin etdi. Bunday rolda hali Sardor Rahimxonni siz ko’rmagansiz. Haqiqiy hit darajasida bo’lishi kutilayotgan mazkur klip prem’erasi sentyabr oyida bo’lib o’tadi. Portalimizni kuzatib boring!!!


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 780 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *