Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
17 Iyun, 2012

Rahimxondan yangi qo'shiq va kitob!!!

Sardor RahimxonO'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist serqirra xonanda Sardor Raximxon bugungi kunda o'z ijodi bilan barchani xushnud etmoqda desak xato bo'lmaydi. Yaqindagina o'zining yangi klipini taqdim etgan xonanda endi o'zini yangi sohada sinab ko'rmoqchi ko'rinadi. Gap shundaki Sardor Rahimxon shu kunlarda «O'zimga ayon» aforizmlar to'plamini o'z muxlislariga taqdim etish niyatida. Yodingizda bo'lsa ushbu kitobchaning birinchi qismi 2009 yilda bo'lib o'tgan Sardor Rahimxoning konsert dasturida muxlislarga sovg'a qilingandi.

Ushbu aforizmlarning 2-qismi ham muxlislarni befarq qoldirmaydi deb o'ylaymiz. Shuningdek, Sardor Rahimxon Iqbol Muhammad musiqasi Nodir Azimov so'zi bilan «Bir qara» deb nomlangan yangi sho'x tarona ijro etdi. Ushbu qo'shiqqa  klipmeyker Narimon Sultonxo'jaev tomonidan klip suratga olish ishlari boshlandi. Demak tez kunda Sardor Rahimxondan yangi to'plam va yangi klipni qarshi olsak ajab emas.

Yana bir yangilik, aniqrog'i yangi qo'shiq prem'erasi. O'zbek estradasining mega yulduzi Sardor Rahimxonning milliy estrada yo'nalishidagi yangi «Aylanib ketoyin» taronasi haqida ma'lumot bergan edik, mana endi saytimizda ushbu qo'shiqni qarshi olishingiz mumkin. Nodir Azimov so'zi, Iqbol Muhammad musiqasi hamda Jasur Badalboev aranjirovkasi bilan ijro etilgan eng qaynoq yangi hit. Sardor Rahimxondan «Aylanib ketoyin»!

Sardor Rahimxon «Aylanib ketoyin» qo'shig'ini ko'chirib olish


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 66 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *