Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
2 Iyul, 2012

Rahimxondan navbatdagi yumoristik klip!

Sardor Rahimxon - Aylanib ketoyinXabaringiz bor kuni kecha O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist, o'zbek estradasining mega yulduzi Sardor Rahimxon allaqachon o'z muxlislarini topib ulgurgan “Aylanib ketoyin” taronasiga klip suratga oldirdi. Bu gal Sardorning ijodiy hamkori “Akangga boq” klipining muallifi iste'dodli rejissor Sarvar Isaev bo'ldi.

Milliy ohanglar bilan hamoxang zamonaviy xonishning video klipi yumoristik scenariy asosida suratga olinganini fotosuratlardan ko'rib turibsiz. Rollarda To'ti Yusupova, Ra'no Yarasheva, Alisher Uzoqov, Parizoda, Muqaddas Xoliqova, Said Muxtor kabi bir qancha xalqimizning sevimli aktyorlari ishtrok etishdi. Shahrimizning markazidagi 2200 yillik tarixga ega Ming O'rik qal'asida bo'lib o'tgan ijodiy jarayon naqd bir kun davom etdi, biroq ish jarayoni yana bir necha hafta davom etsa kerak, har holda montaj deganlaridek… Eslatib o'tamiz “Aylanib ketoyin” taronasining mualliflari Iqbol Muhammad, Nodir Azimov xamda Jasur Badalboev. Yozning eng qaynoq prem'erasi bo'lishi kutilayotgan ushbu klipni intizorlik bilan kutib qolamiz.

Sardor Rahimxon - Aylanib ketoyin

Sardor Rahimxon - Aylanib ketoyin

Sardor Rahimxon - Aylanib ketoyin

Sardor Rahimxon - Aylanib ketoyin

Sardor Rahimxon - Aylanib ketoyin

Sardor Rahimxon - Aylanib ketoyin

Sardor Rahimxon - Aylanib ketoyin

Sardor Rahimxon - Aylanib ketoyin

Sardor Rahimxon - Aylanib ketoyin

Sardor Rahimxon - Aylanib ketoyin

Sardor Rahimxon - Aylanib ketoyin

Sardor Rahimxon - Aylanib ketoyin

Sardor Rahimxon - Aylanib ketoyin

Sardor Rahimxon - Aylanib ketoyin

Sardor Rahimxon - Aylanib ketoyin


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 117 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *