Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
Rahimxondan antiqa tarona va klip: «Jamilaxonim yomonlar»!
8 Avg, 2014

Rahimxondan antiqa tarona va klip: «Jamilaxonim yomonlar»!

Sardor Rahimxon - Jamilaxonim yomonlarSardor Rahimxon hammani diqqatini o’zining ajabtovur klipi bilan tortmoqda. Instagram orqali haqiqiy shov-shuvga sabab bo’lgan «Malikam endi qara» taronasidan so’ng, Sardor endi yana bir antiqa taronasini taqdim etish arafasida turibdi. Qo’shiq nomi ham ajoyib — «Jamilaxonim yomonlar»…

Ahad Qayum so’zi, Uchqun Sharipov musiqasi va aranjirovkasi asosida dunyoga kelgan «Jamilaxonim yomonlar» taronasi Sardor Rahimxon ijodidan o’rin oladigan navbatdagi hit tarona bo’lishi ta’kidlanmoqda. Bu taronaga yumorga boy bo’lgan komediya janrida klip suratga olinmoqda. Rustam Murodov tomonidan suratga olinayotgan klipda «Bojalar» guruhi xonandasi Jahongir Poziljonov hamda Doston Ubaydullaevlar suratga tushishayotganga o’xshaydi. Bizgacha yetib kelgan fotosuratlarda bu ikki ijodkor Sardor bilan birgalikda namoyon bo’lishgan. Balki bu ikki xonandadan tashqari yana boshqa yulduzlarni ham ushbu klipda ko’rib qolarmiz. Buni esa vaqt ko’rsatadi. Hozircha esa «Jamilaxonim yomonlar» taronasiga klip suratga olish jarayonida tushirilgan fotosuratlarni tomosha qilishga sizlarni chorlaymiz.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 1 062 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *