Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
Rahimxon yilning eng faol ijrochisi!!!
17 Yan, 2015

Rahimxon yilning eng faol ijrochisi!!!

Sardor Rahimxon diplom

Kuni kecha «O’zbeknavo» estrada birlashmasi tomonidan o’zbek estradasida faoliyat yurituvchi bir qator ijodkorlar maxsus diplom bilan taqdirlanishdi. Ular orasida bugungi kunda o’zining «Malikam endi qara», «Do’st», «Tushlarimga kiring otajon» kabi hit taronalari bilan muxlislar ko’nglini olayotgan Sardor Rahimxon ham bor edi.

Biz portalimizning yaqin do’stlaridan biri, iste’dodli xonanda, O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan artist Sardor Rahimxonni mazkur taqdirlov bilan muborakbod etib qolamiz. Darhaqiqat, Sardor Rahimxon har doimgidek o’tgan 2014-yilda ham faol tarzda ijod qildi. Bu ijodiy izlanishlar esa mana o’z natijasini ko’rsatmoqda. Estradamiz yulduzini mazkur e’tirof bilan yana bir bor muborakbod etib qolamiz. Ijoddan sira charchamang, Sardor Rahimxon!!!


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 426 ta o'qildi | 1ta izoh

COOL.SB.uz -

1ta izoh

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *