Rahimxon va Shahriyor Qozoqistonda konsert beradi!
O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan artist, estradamizning mega yulduzi Sardor Rahimxon hamda rep uslubida ijod qilib kelayotgan xonanda Shahriyor Qozoqistonda o’z konsert dasturlari bilan bo’lib qaytadilar. Konsert dasturi haqida ko’proq ma’lumotga ega bo’lishni istaysizmi? Marhamat!!!
Sardor Rahimxon va Shahriyor 2014-yilning 20-oktyabr sanasida Qozoqistonning Turkiston shahrida o’z konsert dasturlarini taqdim etishadi. Konsert dasturi soat 16:00da boshlanadi. Agarda siz ayni damda xizmat safari bilan yoki biror bir boshqa sabab bilan Turkiston shahrida bo’lsangiz, mazkur konsert dasturiga tashrif buyurishni tavsiya qilamiz. Zero, estradamiz yulduzlaridan ajoyib hit taronalarni bevosita sevimli yulduzingizni ko’rib turib, tinglash imkoniyatiga ega bo’lasiz. Konsert dasturiga chiptalar harid qilishni istasangiz (+7775) 922 1414 telefon raqamlariga murojaat etishingiz mumkin. Ijodkorlarga esa konsert dasturida omadlar yor bo’lishini tilab qolamiz!!!