Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
Rahimxon — tavallud va farzand muborak!!!
3 Sen, 2013

Rahimxon — tavallud va farzand muborak!!!

Sardor Rahimxon - Buxoro parilariBugun Sardor Rahimxon tavallud topgan kun. Erta tongdan tavallud kun tabriklarini eshitishdan charchamayotgan Sardor Rahimxon kechga borib, yanada ko’proq tabriklarni eshitishiga to’g'ri keldi. Aniqroq, qilib aytadigan bo’lsak, Sardor Rahimxon o’z tavallud kunida yana bir bora otalik baxtiga muyassar bo’ldi.

Sardor Rahimxonning tavallud kuni uchun eng ajoyib va eng unutilmas sovg’a aynan ayoli tomonidan unga taqdim etilgan qizaloq farzand bo’lishi shubhasiz. Bundan ham ajoyib sovg’a bo’lishi mumkinmi? Nazarimdan bundan yaxshiroq sovg’ani hech kim taqdim eta olmasa kerak. Quvonchli kunda yana bir quvonchli xabarni eshitish Sardorga bu kunni ikki karra bayramona tarzda o’tkazish imkoniyatini yaratdi. Dunyoga kelgan qizaloq farzand va ona soppa sog’. Eng muhimi shu. Barchaga ma’lum, Sardor Rahimxon bundan ikki yil avval otalik baxtiga erishgan edi. Sabriya ismli qizaloqqa endi singilcha ham dunyoga keldi. Sardor Rahimxonga biz cheksiz tabriklarimizni bildirgan holda, dunyoga kelgan farzand ham muborak bo’lsin, deb qolamiz. Ota-onalik, rizq-nasibalik, aqlli va xushli qizaloq bo’lib, uzoq umr ko’rsin yangi mehmon! Rahimxon, biz sizni quvonchingizga sherikmiz!!! Har kuningiz, bugungidek quvonchli lahzalarga boy bo’lsin!!!


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 1 122 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *