Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
Rahimxon Koreyada 1 emas, 2ta konsert beradi!!!
11 Okt, 2014

Rahimxon Koreyada 1 emas, 2ta konsert beradi!!!

Sardor Rahimxon KoreyadaSB.uz portali orqali siz azizlarga Sardor Rahimxonning Janubiy Koreyada yakkaxon konsert dasturi bo’lib o’tishi haqida xabar bergan edik. 12-oktyabr kuni Chang Won shahrida bo’lib o’tadigan konsert dasturi ketidan yana bir konsert dasturi ulanib ketmoqda. Bunisiga endi nima deysiz?

10-oktyabr kuni Chang Won shahrida «MAMF» xalqaro festivali ochilish marosimi bo’lib o’tdi. 2 kun davom etadigan ushbu festivalda O’zbekiston nomidan ham ishtirokchilar bor. 12-oktyabr kuni esa mazkur festivalning yopilish marosimi bo’lib o’tadi. Aynan 12-oktyabr kuni Chang Wonda kunduzi Sardor Rahimxonning yakkaxon konsert dasturi bo’lib o’tishidan xabaringiz bor. Kechqurun esa mazkur festivalning yopilish marosimiga Sardor Rahimxon faxriy mehmon sifatida taklif etilgan.
Buni qarangki endi Janubiy Koreyalik muxlislar talablariga binoan Kimhae shahrida joylashgan «Flamingo Night Club» klubida soat 20:30da ham Sardor Rahimxonning yakkaxon konsert dasturi tashkillashtirilgan. Sardorning omadi Koreyada ham yurishib ketmoqda! Bu ketishda yaqin orada koreys tilida Sardor Rahimxon ijrosidagi qo’shiqlarni tinglab qolsangiz ajablanmang!!! Nima bo’lganda ham Sardor Rahimxonga omadlar tilab qolamiz. Barcha konsert dasturlari istalgandanda yaxshiroq o’tishiga tilakdoshmiz. Biz doimo siz bilanmiz Sardor!!!
Kimhae shahrida bo’lib o’tadigan konsert dasturiga tashrif buyurishni istovchi muxlislar 010-3405-8504 telefon raqamlariga qo’ng’iroq qilishlari mumkin!


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 258 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *