Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
Rahimxon konsertida otasini va do’stini yodga oldi!
8 Fev, 2014

Rahimxon konsertida otasini va do’stini yodga oldi!

Sardor Rahimxon 2014 konsertKecha saytimiz orqali siz azizlarga o’zbek estradasi yulduzi Sardor Rahimxonning yakkaxon konsert dasturining 1-kunida tushirilgan bir qator fotosuratlarni taqdim etgan edik. Shuningdek, konsertga oid bir qator ma’lumotlarni ham ma’lum qilgan edik. Bugun yana boshqa fotosuratlarni e’tiboringizga tortiq etamiz.

Sardor Rahimxonning 6-fevral kuni bo’lib o’tgan konsert dasturida ijro etilgan qo’shiqlar orasida xonandaning o’z otasiga atab kuylagan taronasi juda dardli chiqqanini alohida ta’kidlab o’tish o’rinli, deb bilaman. Mana shu qo’shiqni ijro etishidan avval Sardor otasi haqida tayyorlagan audiomonologini ham taqdim etdi. Mana shu monolog jarang sochar ekan, Sardor Rahimxonning nigohiga boqib, u chekayotdan dardni anglash qiyin emas edi. Uning ko’zidan beixtiyor sizib chiqayotgan yosh ham e’tibordan chetda qolmadi. Shuningdek, Sardor Rahimxon konsertda do’st haqida ham qo’shiq ijro etdi. Bu qo’shiq ham boshqa taronalaridan yaxshigina ajralib turganini aytib o’tish o’rinli. Marhamat, yana navbatdagi fotosuratlarni sizlarga taqdim etamiz!


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi, Tanlanganlar | 777 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *