Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
Rahimxon endi Janubiy Koreyada konsert beradi!
7 Sen, 2014

Rahimxon endi Janubiy Koreyada konsert beradi!

Sardor Rahimxon 2014 konsertO’zbek estradasining yorqin yulduzi Sardor Rahimxonning muxlislari dunyoning barcha burchaklarida topiladi. O’z ijodiy faoliyati davomida turli davlatlarda o’z yakkaxon konsert dasturini taqdim etgan Sardor Rahimxonning Janubiy Koreyalik muxlislari ko’chasida ham bayram bo’ladigan kun yaqinlashmoqda.

Nega, deysizmi? Chunki shu yilning 12-oktyabr sanasida soat 11:00da Janubiy Koreya Changwon shahrida Sardor Rahimxoning o’z yakkaxon konsert dasturini taqdim etadi. Ayni damda turli sabablarga ko’ra Janubiy Koreyada istiqomat qilayotgan yurtdoshlarimiz, qolaversa Sardor Rahimxonning ijodiy qiziquvchi Janubiy Koreyalik muxlislar bo’lsa, sevimli yulduzlarining yakkaxon konsert dasturidan bahramand bo’lishlari mumkin. Konsert Gyongnamdochuong katta zalida bo’lib o’tadi. Mo’ljal «KBS» telekanali binosi yonida. Murojaat uchun telefon raqamlar: +8210 2590 9565 hamda -8210 7407 2517. Eslatib o’tamiz, konsert faqat bir kun bo’lib o’tadi! O’tkazib yubormang!!!


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 291 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *