Radius 21 yangi xonanda bilan…
«Radius 21″ guruhi yakkaxoni Shahzod G’ulomov iste’dodli xonanda ekanligini isbotlay oldi. U ijro etgan so’nggi taronalarning deyarli bari hit-paradlarning yuqori pog’onalariga davogarlik qilmoqda. Shahzodning navbatdagi qo’shig’i san’atga endigina qadam qo’yayotgan Dilnura ismli qiz taklifiga ko’ra dunyoga keldi.
Bundan bir necha oy ilgari «Akfa-media» studiyasiga «Radius 21″ bilan birgalikda duet ijro etish taklifi bilan Dilnura murojaat etgan edi. Shahzod G’ulomovga bu qo’shiq g’oyasi ma’qul kelgach, qo’shiq studiyada yozildi. Qo’shiq «Va’da» deb nomlanib, unga Yosh klipmeyker Sardor Rasulov tomonidan klip ham tasvirga tushirildi. Klipda siz Shahzodni aktyorlik mahoratiga ham guvoh bo’lishingiz mumkin bo’ladi. Tez kunlarda klip TV orqali namoyish etiladi. Undan avval esa siz klipni bizning portalimizdan ko’chirib olish imkoniyatiga egasiz. Klip lavhalaridan esa hoziroq bahramand bo’ling.